» » Avariyadan keyingi birinchi “Proton” Boyqo‘ng‘irdan muvaffaqiyatli ravishda uchirildi

Avariyadan keyingi birinchi “Proton” Boyqo‘ng‘irdan muvaffaqiyatli ravishda uchirildi

Avariyadan keyingi birinchi “Proton” Boyqo‘ng‘irdan muvaffaqiyatli ravishda uchirildi

 

Britaniyaning Inmarsat-5F3 sun’iy yo‘ldoshi ortilgan “Proton-M” eltuvchi raketasi 28-avgust kuni Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” “Roskosmos“ga tayanib.

Raketa odatiy rejimda, belgilangan vaqtda uchirildi. Toshkent vaqti bilan 16:53 da “Briz-M” tezlatuvchi bloki tarkibidagi bosh blok va kosmik qurilma eltuvchi raketadan ajralib chiqdi. 29-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 8:15 da esa sun’iy yo‘ldosh tezlatuvchi blokdan ajralib chiqdi.

Bu may oyida bo‘lib o‘tgan avariyadan keyin “Proton”ning birinchi marta uchirilishidir.


 


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2018 бесплатно.