» » O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Скачать O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari boshlandi. Qit’aning yetakchi charm qo‘lqop ustalari ishtirokida o‘tayotgan mazkur yirik musobaqada O‘zbekiston sharafini o‘n nafar bokschi himoya qilmoqda, deb xabar berdi “Olamsport”.

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

 

O‘zbekistonliklar orasida birinchi bo‘lib ringga Murodjon Axmadaliyev (-56 kg) ko‘tarildi. Bangladesh vakili Muhammad Ohiduzzamon bilan kechgan bellashuvda Murodjon katta ustunlik bilan (3:0) zafar quchdi. Endi Murodjon Axmadaliyev 30-avgust kuni o‘tkaziladigan nimchorak final jangida Sangmyong Xam (J.Koreya)ga qarshi bahs olib boradi.

Og‘irlik vazni 64 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi musobaqada ishtirok etayotgan Fazliddin G‘oipnazarov eronlik Seyiddana Ismoilzodexga qarshi ringga ko‘tariladi va 3:0 hsiobida g‘alaba qozondi. Endi u 31-avgust kuni nimchorak finalda Samat Bashenov (Qozog‘iston) bilan kuch sinashadi.

29-avgust O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Elnur Abduraimov (-60 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) dastlabki janglarini o‘tkazsa, 30-avgust kuni Hasanboy Do‘stmatov (-49 kg), Isroil Madrimov (-69 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev (-75 kg) bahslarga kirishadi. 31-avgust kuni Shahobiddin Zoirov (-52 kg) va Elshod Rasulov (-81 kg), 1-sentabrda esa Rustam To‘laganov (-91 kg) ringga ko‘tariladi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: O‘zbekistonlik Osiyo

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.