» » Belarus prezidentligiga nomzod bir stakan sharbat ichgach shifoxonaga yotqizildi

Скачать Belarus prezidentligiga nomzod bir stakan sharbat ichgach shifoxonaga yotqizildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Belarus prezidentligiga nomzod bir stakan sharbat ichgach shifoxonaga yotqizildi

Belarus prezidentligiga nomzod Viktor Tereshchenko 28-avgust kuni Minskdagi kafelardan birida o‘zining tashabbuskor shtabi rahbari Oleg Nesterov bilan nonushta qilayotib bir stakan qaymoqli sabzi sharbati ichgach, shifoxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Belarus prezidentligiga nomzod bir stakan sharbat ichgach shifoxonaga yotqizildi

 

Nesterovning so‘zlariga ko‘ra, Tereshchenko odatdagiday yangi tayyorlangan sabzi sharbatiga buyurtma bergan, biroq birdaniga uning ahvoli yomonlasha boshlagan. Tez yordam uni eng yaqin shifoxonaga olib borgan. Unga yordam ko‘rsatgan shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bu holat allergiya bilan bog‘liq. Tereshchenko kamida 2—3 kun shifoxonada qolishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidentligiga nomzodini ilgari surish uchun besh kishi kerakli imzolarni to‘play olgan bo‘lib, ular — Aleksandr Lukashenko (amaldagi prezident), Nikolay Ulaxovich (Belorus vatanparvarlik partiyasi rahbari), Sergey Gaydukevich (Belarus liberal-demokratik partiyasi rahbari), Viktor Tereshchenko (iqtisodchi) hamda Tatyana Korotkevich (“Govori pravdu” kampaniyasi faoli).

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.