» » 2015-yilda Namangan viloyatida o‘qishga joylashtirib qo‘yish bilan bog‘liq 17 ta firibgarlik jinoyati amalga oshirildi

Скачать 2015-yilda Namangan viloyatida o‘qishga joylashtirib qo‘yish bilan bog‘liq 17 ta firibgarlik jinoyati amalga oshirildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

2015-yilda Namangan viloyatida o‘qishga joylashtirib qo‘yish bilan bog‘liq 17 ta firibgarlik jinoyati amalga oshirildi

2015-yil 7 oyi yakuni bo‘yicha Namangan viloyatida firibgarlik jinoyatlari 29 taga, ya’ni 231 tadan 260 taga ortgan, deya xabar bermoqda Namangan viloyat IIB matbuot xizmati.

2015-yilda Namangan viloyatida o‘qishga joylashtirib qo‘yish bilan bog‘liq 17 ta firibgarlik jinoyati amalga oshirildi

 

Shundan Namangan shahrida 88 tadan 105 taga, Mingbuloq tumanida 6 tadan 8 taga, Kosonsoy tumanida 12 tadan 14 taga, To‘raqo‘rg‘on tumanida 8 tadan 13 taga, Uychi tumanida 16 tadan 19 taga, Uchqo‘rg‘on tumanida 8 tadan 10 taga, Chortoq tumanida 13 tadan 15 taga va Yangiqo‘rg‘on tumanida 8 tadan 17 taga ortib ketganligini, ushbu sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarining 44 tasi muqaddam sudlanganlar tomonidan, 61 tasi ishlamaydigan shaxslar tomonidan va 24 tasi xotin-qizlar tomonidan sodir etilganligini misol tariqasida ko‘rsatish mumkin.

Mazkur jinoyatlar sodir etilish usullari bo‘yicha tahlil qilib ko‘rilganida ularning 38 tasi avtomashina sotib olish yoki sotish bilan, 33 tasi o‘zaro qarz oldi-berdisi bilan, 27 tasi yer uchastkasi olib berish bilan, 21 tasi uy-joy sotish yoki olib berish bilan, 20 tasi buyum sotish yoki olib berish bilan, 20 tasi ishga joylashtirib qo‘yish bilan, 17 tasi o‘qishga joylashtirib qo‘yish bilan, 17 tasi tilla taqinchoqlar oldi-berdisi bilan, 14 tasi savdo faoliyati bilan shug‘ullanishni taklif qilish bilan, 5 tasi fuqarolik pasportini olib berish bilan va qolgan 48 tasi boshqa aldash yo‘llari bilan bog‘liq holda sodir etilganligi ko‘rinadi.

Ushbu sodir etilgan firibgarlik jinoyatlari sonining oshib ketganligini inobatga olib fuqarolar huquqiy ongini oshirish, ularni ogohlikka chaqirish maqsadida 1700 dan ortiq uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilib, aholi bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.