» » Toshkent shahar hokimligi ko‘p qavatli uylarda parabolik antennalar va konditsionerlar o‘rnatishni cheklashga doir qaror qabul qilmaganini ma’lum qildi

Скачать Toshkent shahar hokimligi ko‘p qavatli uylarda parabolik antennalar va konditsionerlar o‘rnatishni cheklashga doir qaror qabul qilmaganini ma’lum qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkent shahar hokimligi ko‘p qavatli uylarda parabolik antennalar va konditsionerlar o‘rnatishni cheklashga doir qaror qabul qilmaganini ma’lum qildi

Toshkent shahar hokimligi ko‘p qavatli uylarda parabolik antennalar o‘rnatish, konditsionerlar o‘rnatishni cheklashga qaratilgan hech qanday qaror yoki farmoyish qabul qilgan emas. Bu haqda hokimlik Axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Toshkent shahar hokimligi ko‘p qavatli uylarda parabolik antennalar va konditsionerlar o‘rnatishni cheklashga doir qaror qabul qilmaganini ma’lum qildi

 

Toshkent shahar hokimligi hududiy kommunal foydalanish birlashmasi bosh direktori Ilhom Mahkamovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahar bosh ko‘chalarini rekonstruksiya qilsih, obodonlashtirish, yo‘l transport infratuzilmasini takomillashtirish, binolar va inshootlarning me’yoriy qiyofasini yangilash maqsadida, 2015-yilning 5-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining 227-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu qarorda 2015—2016-yillarda rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan Toshknet magistral ko‘chalari ro‘yxati tasdiqlangan.

“Hozirgi kunda ro‘yxatdagi ko‘chalarni ta‘mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, Bobur ko‘chasining aeroport maydonidan O‘zbekiston shoh ko‘chasigacha; Mustaqillik ko‘chasidan Amir Temur maydonigacha; Amir Temur ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan Quloqtepa ko‘chasigacha bo‘lgan qismida yangicha me’moriy o‘zgarishlar, obodonlashtirish ishlari boshangan, shuningdek, yoritish tizimini, yo‘laklarni, favvoralarni, sug‘orish tizimini ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborilgan”, — deid Mahkamov.

Uning qayd etishicha, binolarni va ko‘p qavatli yashash uylarini hisobga olishda va ularni o‘rganish jarayonida 1998-yil 24-dekabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining ayrim bandlari (2, 5, 16, 21, 24 va 124-bandlari)ning buzilishi holatlari aniqlanmoqda, bu qonunbuzarliklar, noqonuniy qurilmalar va xonadonlar ichidagi noqonuniy rekonstruksiyalar salbiy holatlarga olib kelmoqda.

“Yashash uylarining fasadlari, asosan, ayvonlar (g‘ishtlar va boshqa materiallar) bilan qoplanmoqda, bu esa ko‘p qavatli uylarning qurilish normativlariga zid bo‘lib, ularning fasad qismlari buzilmoqda. Shu bilan birga, qator kompaniyalar kabel televideniyalariga ulashda ham uylarning uy yo‘laklari qismida maxsus ajratilgan joylar ko‘zda tutilganiga qaramay, tomlar ustida, uylarning fasadlarida ulanish simlarining osilib turganiga ko‘p bor duch kelish mumkin.

Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, Toshkent shahar hokimligi ko‘p qavatli uylarda parabolik antennalar o‘rnatish, konditsionerlar o‘rnatishni cheklashga qaratilgan hech qanday qaror yoki farmoyish qabul qilgan emas”, — dedi Mahkamov.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Toshkent

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.