» » Tojikiston prezidenti o‘zining qizini “Sharaf” ordeni bilan mukofotladi

Tojikiston prezidenti o‘zining qizini “Sharaf” ordeni bilan mukofotladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘zining qizi — Tojikiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ozoda Rahmonga I darajali “Sharaf” ordenini topshirdi, deb xabar bermoqda “News.tj”.

Tojikiston prezidenti o‘zining qizini “Sharaf” ordeni bilan mukofotladi

 

Qayd etilishicha, Ozoda Rahmon ushbu lavozimda 2013-yil noyabr oyidan buyon ishlab kelmoqda. Bungacha esa tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va TIV Konsullik xizmati boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Birinchi darajali “Sharaf” ordeni Tojikistonda iqtisodiyot, ijtimoiy soha, fan, madaniyat va ta’lim sohalari rivojiga hissa qo‘shgan, davlat va harbiy xizmatda namuna ko‘rsatgan, faol jamoatchilik ishlarini olib borgan fuqarolarga beriladi.


Manba: Daryo.uz






Метки: Tojikiston

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.