» » Seul va Pxenyan ajralib ketgan oilalar uchrashuviga tayyorgarlikni 7-sentabrda boshlaydi

Seul va Pxenyan ajralib ketgan oilalar uchrashuviga tayyorgarlikni 7-sentabrda boshlaydi

Janubiy Koreya va KXDR ajralib qolgan oilalarning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni 7-sentabr kuni o‘tkazishga kelishib oldi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, muzokaralar sanasi avvalroq Janubiy Koreya tomonidan taklif qilingan va KXDR bunga rozi bo‘lgan.

Seul va Pxenyan ajralib ketgan oilalar uchrashuviga tayyorgarlikni 7-sentabrda boshlaydi

 

Tayyorgarlik uchrashuvlari KXDR va Janubiy Koreyaning Qizil Xoch tashkilotlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

1950—53-yillardagi Koreya urushi sabab ajralib qolgan oilalarning uchrashuvlari 1980-yillardan boshlab o‘tkazib kelinadi. Keyinchalik KXDRdagi Kimgansan kurortida bunday uchrashuvlar uchun Janubiy Koreya ko‘magida mehmonxona ham qurilgan.

Avvalroq, ikki mamlakat chegarasidagi qurolsizlantirilgan hududdagi qarama-qarshilikni tartibga solish bo‘yicha uchrashuvda tomonlar munosabatlarni yaxshilash ustida ishlash va ajralib qolgan oilalarning uchrashuvlarini qayta tashkil etish bo‘yicha kelishib olgandi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ajralib qolgan oilalarning uchrashuvi 2015-yilning 27-sentabr kuni o‘tkaziladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, birgina Janubiy Koreyaga KXDRdagi qarindoshlari bilan ko‘rishish istagida bo‘lgan 100 ming kishi bor. Shimolda ham taxminan shuncha odam Janubiy koreyaliklar bilan uchrashish niyatida.


Manba: Daryo.uz






Метки: Pxenyan Seul

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.