» » Toshkentda muzlatkichsiz rastalarda ba’zi go‘sht mahsulotlarini sotishga cheklov qo‘yildi

Toshkentda muzlatkichsiz rastalarda ba’zi go‘sht mahsulotlarini sotishga cheklov qo‘yildi

Toshkent shahar hokimi 2015-yil 18-avgustda “Toshkent shahrining dehqon bozorlarida yoz mavsumida tez buziladigan go‘sht va go‘sht mahsulotlari sotilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Norma.uz”.

Foto: advantour.com

Toshkentda muzlatkichsiz rastalarda ba’zi go‘sht mahsulotlarini sotishga cheklov qo‘yildi

 

Qarorga ko‘ra, har yilning yoz davrida (iyundan oktabrgacha) muzlatuvchi qurilmalar bilan ta’minlanmagan savdo ayvonlari va rastaralarida tez buziladigan go‘sht mahsulotlari (jigar, ichak, oshqozon, buyrak va boshqalar)ni sotish taqiqlanadi.

Qaror “Toshkent oqshomi” gazetasining 2015-yil 27-avgustdagi sonida rasman e’lon qilinganidan uch oy o‘tgach, kuсhga kiradi. Shu tariqa, cheklovni qo‘llash 2016-yilning yoz mavsumidan boshlanadi.


Manba: Daryo.uz


Метки: Toshkentda Toshkent

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.