» » Terma jamoalar markazi topshirig‘iga binoan Jalilov olimpiya terma jamoasi bilan Slovakiyaga bormadi

Скачать Terma jamoalar markazi topshirig‘iga binoan Jalilov olimpiya terma jamoasi bilan Slovakiyaga bormadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Terma jamoalar markazi topshirig‘iga binoan Jalilov olimpiya terma jamoasi bilan Slovakiyaga bormadi

Terma jamoalar markazi topshirig‘iga binoan Jalilov olimpiya terma jamoasi bilan Slovakiyaga bormadi

 

Terma jamoalar markazi topshirig‘iga binoan bosh murabbiy Viktor Jalilov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi delegatsiyasi bilan Slovakiyadagi xalqaro turnirga bormaydigan bo‘ldi va milliy terma jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shildi. Slovakiyadagi xalqaro turnirda olimpiya terma jamoasiga katta murabbiy Dilshod Nuraliyev rahbarlik qiladi, deb xabar bermoqda O‘bekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Olimpiya terma jamoasining Toshkentdagi yig‘iniga rahbarlik qilgan Viktor Jalilov ayni paytda milliy terma jamoa murabbiylari bilan birga “Jar” stadionidagi mashg‘ulotlarda ishlamoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 27-avgustdan buyon Toshkentdagi “Jar” stadionida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. O‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga 30 futbolchi taklif etilgan. Legionerlardan Aleksandr Geynrix, Anzur Ismoilov va Fozil Musayevlar tarkibga kelib qo‘shilgan.

Yaman terma jamoasi 31-avgust, dushanba kuni Dubaydan Toshkentga uchib keladi. Terma jamoa O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Ummon bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘zbekiston terma jamoasining Yamanga qarshi uchrashuvi 3-sentabr kuni “Paxtakor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. 2-sentabr kuni esa ikki terma jamoa bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani va uning ketidan rasmiy mashg‘ulot o‘tkaziladi.

3-sentabr kuni “H” saralash guruhida peshqadam Shimoliy Koreya terma jamoasi Manamaga borib, Bahrayn terma jamoasiga qarshi 3-tur uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:40 da boshlanadi.

5 jamoa o‘ynaydigan “H” saralash guruhida peshqadamlardan yana biri Filippin terma jamoasi bu turda dam oladi. Filippin futbol federatsiyasi 3-sentabr kuni Maldiv orollari terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da “Rizal Memorial” stadionida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston terma jamoasi 3-sentabr kuni Yamanga qarshi o‘yinni o‘tkazib, 2 kun Toshkentda shug‘ullanadi va 6-sentabrda charter reysi orqali Filippinga uchib ketadi. 7-sentabrda Filippin va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirokida matbuot anjumani va Filippin – O‘zbekiston uchrashuvi 8-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da Bokayu Siti shahrida bo‘lib o‘tadi. 8-sentabr kuni, shuningdek, Dohada Yaman terma jamoasi Bahrayn terma jamoasiga qarshi 4-tur uchrashuvini o‘tkazadi. Shimoliy Koreya terma jamoasi 4-turda dam oladi va hozircha hech qanday uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmagan.

3-tur oldidan “H” saralash guruhida Shimoliy Koreya va Filippin 2 ta o‘yindan keyin 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni egallab turgan Bahrayn, O‘zbekiston va Yaman terma jamoalarida esa hozircha ochko yo‘q.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Terma jamoalar

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.