» » Tyanszindagi portlash qurbonlari soni 147 kishiga yetdi

Tyanszindagi portlash qurbonlari soni 147 kishiga yetdi

Xitoyning Tyanszin shahridagi zaharli moddalar saqlanuvchi omborxonalarda 12-avgust kuni yuz bergan portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 147 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Tyanszindagi portlash qurbonlari soni 147 kishiga yetdi

 

Halok bo‘lganlarning 89 nafari o‘t o‘chiruvchilar, o‘n nafari politsiya xodimlari va 48 nafari oddiy fuqarolardir. Shahar shoshilinch xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, 26 kishi bedarak yo‘qolgan, deb gumon qilinmoqda — ularning 15 nafari o‘t o‘chiruvchilar, bir nafari politsiyachidir.

Fojia natijasida 800 ga yaqin kishi jabrlangan bo‘lib, ularning 383 nafari hali ham kasalxonalarda qolmoqda. 21 nafar jabrlanuvchining ahvoli juda ham og‘irligi aytilmoqda. Portlash ro‘y berganidan beri 415 nafar jabrlanuvchi kasalxonalarni tark etgan.


Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.