» » Lo‘lilar Fransiyadagi eng yirik shosse qamalini to‘xtatdi

Lo‘lilar Fransiyadagi eng yirik shosse qamalini to‘xtatdi

Fransiyadagi eng yirik A1 shossesini qamal qilgan lo‘lilar hamjamiyatining norozilik namoyishi yakuniga yetdi, deya xabar bermoqda “TASS”. Fransiyaning France info radiostansiyasi xabariga ko‘ra, shosse bo‘ylab harakat tez orada qayta tiklanadi.


Lo‘lilar Fransiyadagi eng yirik shosse qamalini to‘xtatdi

 

Ma’lum bo‘lishicha, lo‘lilar hamjamiyati vakillari ayni vaqtda hibsda saqlanayotgan elatdoshlaridan biri o‘z otasining dafn marosimida ishtirokini ta’minlashni hukumatdan talab qilib, shoh ko‘chani qamal qilgan. Oqibatda yo‘l bo‘ylab ko‘p kilometrlik tirbandlik yuzaga kelgan

29-avgust, shanba kuni tongda Amyen shahri apellyatsiya sudi hibsga olinganlardan biriga otasining 31-avgust, dushanba kuni bo‘ladigan dafn marosimida ishtirok etishga ruxsat berdi. Mazkur qarordan so‘ng lo‘lilar A1 shossesini tark etdi.


Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.