» » Xakerlar Arnold Shvarseneggerni “dafn etdi”

Xakerlar Arnold Shvarseneggerni “dafn etdi”

Amerika OAVlarida Arnold Shvarseneggerning vafoti haqida soxta ma’lumot paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Xakerlar “Msnbc.com” saytiga hujum qilib, undan soxta saytga o‘tiladigan qilib qo‘ydi.


Xakerlar Arnold Shvarseneggerni “dafn etdi”

 

Yangilikda Los-Anjeles politsiyasi qutqaruv xizmatiga qilingan anonim qo‘ng‘iroqdan so‘ng, 68 yoshli aktyor va siyosatchini o‘z uyida o‘lik holda topgani “xabar beriladi”. Shuningdek, Shvarseneggerning vafotini uning oila a’zolaridan biri tasdiqlagani aytiladi.

Shvarseneggerning o‘zini “o‘limi” haqidagi yangilikdan so‘ng rejissor do‘sti bilan birga Italiya taomlari restoranida ko‘rishgan. Aktyorning yaqin do‘sti, bodibilder Kalum fon Moger ham ushbu xabarni inkor etgan.


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.