» » Namangandagi bolalar oromgohlarida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

Скачать Namangandagi bolalar oromgohlarida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Namangandagi bolalar oromgohlarida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

Namangan viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari “Ta’til” tadbiri doirasida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Kamalak” bolalar oromgohida dam olayotgan bolalar orasida tushuntirish ishlari olib bordi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Namangandagi bolalar oromgohlarida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

 

Malakali inspektorlar bolalarga yo‘l harakati qoidalarining asosiy nizomlarini, yo‘llarda tez-tez uchraydigan vaziyatlarni tushuntirib berdi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, yo‘l harakati qoidalarini yosh paytidanoq o‘rganib, hurmat qila boshlash zarur, shu tufayli “Diqqat, bolalar!”, “Diqqat, piyoda!”, “Yashil chiroq” kabi tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida maktablar joylashgan hududlarda yo‘l belgilari va ishoralari yangilanmoqda, asfaltga “Diqqat, maktab!” yozuvlari tushirilmoqda. Bundan tashqari, katta tezlikni sevuvchi haydovchilarni hushyorlikka chaqirish uchun YHXB xodimining metalldan ishlangan shakllari yo‘l bo‘ylariga joylashtirilmoqda.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.