» » ZTE kompaniyasi Beeline’ning O‘zbekistondagi xodimlari uchun seminar o‘tkazdi

Скачать ZTE kompaniyasi Beeline’ning O‘zbekistondagi xodimlari uchun seminar o‘tkazdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

ZTE kompaniyasi Beeline’ning O‘zbekistondagi xodimlari uchun seminar o‘tkazdi

2015-yilning iyun oyida Xitoyning ZTE kompaniyasi Vimpelcom (Beeline savdo belgisi) kompaniyasining ikkita tenderida g‘alaba qozondi. Ulardan biri — beshta mamlakat (O‘zbekiston, Tojikiston, Armaniston, Qirg‘iziston va Laos)da bazaviy stansiyalarni tashkil etish borasida, ikkinchisi esa to‘rtta mamlakat (O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Laos)da RAN o‘rnatishga qaratilgan.

ZTE kompaniyasi Beeline’ning O‘zbekistondagi xodimlari uchun seminar o‘tkazdi

 

ZTE’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2015-yilning avgust oyida Vimpelcom’ning O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi hisoblangan Unitel MChJ mutaxassislari, menejer va rahbarlari uchun “4G bilan hayotni yengillashtiring” mavzusida seminar tashkil etdi.

Telekommunikatsion asbob-uskunalar va tarmoqlar uchun yechimlar bo‘yicha global yetakchi hisoblagan ZTE kompaniyasi Unitel bilan hamkorlikdan mamnun va kelgusida ham sherikchilikni davom ettirishga umid qiladi.

Seminar so‘nggida ZTE kompaniyasi o‘z mahsulotlarini, shu jumladan, RAN yechimlari, bazaviy stansiyalar, ma’lumotlarni yetkazish, murakkab xizmatlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan va boshqa asbob-uskunalarni taqdim etdi. Xitoy kompaniyasining mutaxassis va menejerlari ZTE yechimlari va asbob-uskunalarining afzalliklari haqidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Seminar doirasida ZTE rahbariyati Unitel kompaniyasi top-menejerlari bilan muzokaralar o‘tkazdi va tomonlar kelajakda ham hamkorlik qilishga kelishib oldi.

ZTE — telekommunikatsion asbob-uskunalar va mobil telefonlarni yetkazib beruvchi dunyodagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. ZTE mahsulotlari turlari simli va simsiz aloqa, mobil va fiksatsiyalangan terminallar bozorining har bir sektorini qamrab oladi.

ZTE korporatsiyasi 1985-yili Xitoyning Shenchjen (Shenzhen) shahrida tashkil etilgan, uning bosh qarorgohi hozirgacha aynan shu shaharda joylashgan. 1997-yili kompaniya Shenchjen fond birjasi listingiga kiritildi, 2004-yilning dekabrida esa Gongkong fond birjasida ro‘yxatdan o‘tdi. Shuningdek, ZTE Hang Seng China Enterprises Index indeksi tarkibiga kiritilgan.

Bugungi kunda jahonning ko‘plab mamlakatlarida ZTE vakolatxonalari va tadqiqot markazlari joylashgan bo‘lib, ularda 10 minglab insonlar mehnat qiladi. Kompaniya 140 ta mamlakat va mintaqaga asbob-uskunalar va xizmatlarni yetkazib beradi va Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va MDHdagi 500 dan ortiq aloqa operatorlariga xizmat ko‘rsatadi.

Hozirda ZTE kompaniyasi iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun 50 dan ortiq yechimlarni taklif etadi. Xitoy kompaniyasi, shuningdek, iste’molchilar uchun turli tuman mahsulotlar — telefonlardan tortib smartfon va planshetlargacha taklif etadi. Bu mahsulotlar O‘zbekiston bozorida ham maqbul narxlarda taklif etilmoqda. ZTE smartfonlarining asosiy platformasi — Android operatsion tizimidir.

ZTE sho‘ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasida 10 yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Bu davr mobaynida kompaniya O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shib, ilg‘or kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini, mahalliy aholi uchun ish joylarini taqdim etib, insonlarning kommunikatsiya texnologiyalari haqidagi bilimlarini yaxshilab kelmoqda.

Ayni vaqtda O‘zbekiston telekommunikatsion operatorlari – Beeline, Ucell, “O‘zbektelekom” AK va boshqalar Xitoy kompaniyasi asbob-uskunalaridan foydalanmoqda. 2013-yilning iyulida ZTE Sirdaryo viloyatida mobil telefonlar va aksessuarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha korxonani ishga tushirdi. Mobil telefonlar UZTE brendi ostida ishlab chiqarilmoqda. Hozirda korxona smartfonlarning 6 ta modelini ishlab chiqarmoqda.

ZTE yangi texnologiyalar va standartlarni ishlab chiqish ustida izlanishlarini davom ettirmoqda. Masalan, kompaniya beshinchi avlod texnologiyasi (5G) ustida ishlamoqda. ZTE 2015-yilda 5G sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalarga xarajatlarni ikki barobarga oshirish niyatida va bu maqsadlarga 2014-yildagi 200 millionga nisbatan joriy yilda 400 million AQSh dollarini sarflash niyatida. Bundan tashqari, ZTE beshinchi avlod mobil aloqa bilan shug‘ullanayotgan injenerlar shtatini ikki barobar ko‘paytiradi.

Reklama huquqi asosida.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.