» » Bayrut markazidagi namoyishchilar tarqatib yuborildi

Bayrut markazidagi namoyishchilar tarqatib yuborildi

Livan poytaxtida 29-avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tgan hukumatga qarshi namoyish ommaviy tartibsizliklar bilan yakuniga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Bayrut markazidagi namoyishchilar tarqatib yuborildi

 

Kechga yaqin tajovuzkor kayfiyatdagi yoshlar guruhi hukumat qarorgohi atrofidagi simli devorni yorib o‘tishga urindi. Ular to‘siqlarning birinchi chizig‘ini kechib o‘tib, majmuaning asosiy kirish joyiga qadar yaqinlashishga muvaffaq bo‘ldi.

Biroq keyinroq xavfsizlik kuchlarining maxsus bo‘linmalari namoyishchilarning yo‘llarini to‘sdi. Sanoqli daqiqalar ichida maydon namoyishchilardan tozalandi, tartibsizliklarni keltirib chiqarganlar esa hukumat kuchlari tomonidan hibsga olindi.

Avval xabar berilganidek, Bayrut ko‘chalarida Livan hukumatining shahardagi chiqindilarni yo‘qotish muammosini hal qila olmayotganiga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Politsiya namoyishchilarga qarata rezina o‘qlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo‘lmoqda.


Manba: Daryo.uz


Метки: Bayrut markazidagi

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.