» » Hakamni tepgani uchun “Xotira-79” futbol klubi boshlig‘i mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi

Скачать Hakamni tepgani uchun “Xotira-79” futbol klubi boshlig‘i mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Hakamni tepgani uchun “Xotira-79” futbol klubi boshlig‘i mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi

Tartib-intizom Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmati.

Hakamni tepgani uchun “Xotira-79” futbol klubi boshlig‘i mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi

 

Chempionat
“Qizilqum”ga qarshi 18-tur o‘yinida raqibiga oyoq bilan zarba bergani uchun “Dinamo” himoyachisi Akmal Bozorov uchta o‘yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.

“Olmaliq” hujumchisi Shavkat Salomov hamda “Mash’al” darvozaboni Botir Nosirov 19-tur doirasidagi “Olmaliq” – “Mash’al” uchrashuvi yakunlangach o‘zaro janjallashgani uchun jarimaga tortildi va ogohlantirildi. Shunga o‘xshash holat takrorlanadigan bo‘lsa jiddiy chora ko‘riladi.

Kubok
“Nasaf”ga qarshi O‘zbekiston Kubogi 1/2 finali dastlabki uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan “Lokomotiv” hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Birinchi Liga
“Xotira-79” hujumchisi D.Abdujabborov ikkinchi bosqich 1-turidan o‘rin olgan “Zomin” klubiga qarshi uchrashuvdagi tajovuzkor xatti-harakatlari uchun 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

“Xotira-79” hujumchisi Sohib Abdullayev ikkinchi bosqich 1-turida “Zomin”ga qarshi o‘yinda uchrashuv hakamini haqorat qilgani uchun 3 ta o‘yinga diskvalifikatsi qilindi.

“Xotira-79” klubi boshlig‘i Ilhom Otavaliyev “Zomin”ga qarshi ikkinchi bosqich 1-tur uchrashuvi yakunlangach hakamga oyog‘i bilan zarba bergani uchun 2015-yilgi mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi.

“Obod” himoyachisi Kamoliddin Tojiboyev ikkinchi bosqich 1-turida “Kosonsoy”ga qarshi uchrashuvda to‘p uchun kurashda raqibiga nisbatan atayin zarba bergani uchun ikkita o‘yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.

“Nasaf-2” hujumchisi S. Yesibayev ikkinchi bosqich 1-turi doirasidagi “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi uchrashuvdagi tajovuzkor xatti-harakatlari uchun 3 ta o‘yinga chetlatildi.

“Paxtakor-2” hujumchisi Behzod G‘anijonov “Nasaf-2” klubiga qarshi ikkinchi bosqich 3-tur uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun 3 ta o‘yinga chetlatildi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Hakamni tepgani

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.