» » Amerikalik olimlar Qozog‘istondagi geogliflar sirini ochmoqchi

Скачать Amerikalik olimlar Qozog‘istondagi geogliflar sirini ochmoqchi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Amerikalik olimlar Qozog‘istondagi geogliflar sirini ochmoqchi

Amerikalik olimlar Qozog‘istondagi geogliflarga qiziqib qoldi. “Zakon.kz”ning yozishicha, amerikalik olimlar Qozog‘iston hududidan shu kungacha insoniyatga ma’lum bo‘lmagan sivilizatsiya izlarini topish mumkin, deb hisoblamoqda.

Amerikalik olimlar Qozog‘istondagi geogliflar sirini ochmoqchi

 

Qozog‘istondagi geogliflarni ilk bor 2007-yili kostanaylik Dmitriy Dey Google Maps internet-xizmatidan foydalanish vaqtida payqagan. Hozirgacha mamlakat hududida bunday obyektlarning 50 dan ortig‘i topildi.

Geogliflar orasida kvadrat, xoch, doira va boshqa shakllar ko‘rinishida tayyorlangan, ular orasida hatto diametri 94 metrga teng bo‘lgan uch nurli svastika ham bor.

International Business Times’ning yozishicha, qozog‘istonlik Shalkar Adambekov va uning hamkasbi, professor Ronald Laporte boshqa amerikalik olimlarni ham Qozog‘istondagi geogliflarni o‘rganishga chaqirmoqda.

“Biz ular haqida juda kam narsa bilamiz. Ajdodlarimiz mazkur geogliflarni tayyorlash uchun juda ko‘p vaqt sarflagan, shunday ekan, yerga tushirilgan ushbu ulkan chizmalar ularning hayotida qandaydir muhim ahamiyatga ega bo‘lgan”, — dedi Laporte.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Amerikalik olimlar KZ

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.