» » BMT bosh kotibi yadroviy sinovlarni taqiqlash haqidagi bitimni imzolashga chaqirdi

Скачать BMT bosh kotibi yadroviy sinovlarni taqiqlash haqidagi bitimni imzolashga chaqirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

BMT bosh kotibi yadroviy sinovlarni taqiqlash haqidagi bitimni imzolashga chaqirdi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun yadroviy sinovlarga qarshi kurash xalqaro kunida qolgan mamlakatlarni yadroviy sinovlarni taqiqlash to‘g‘risidagi bitimni imzolashga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

BMT bosh kotibi yadroviy sinovlarni taqiqlash haqidagi bitimni imzolashga chaqirdi

 

BMT bosh kotibining 29-avgust, shanba kuni tarqatilgan murojaatida qayd etilishicha, yadroviy sinovlarni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma “yadroviy qurolni yo‘qotish uchun asos hisoblanadi”. Uning ta’kidlashicha, qabul qilinganidan beri deyarli 20 yil o‘tgan bo‘lsa-da, shartnoma hali ham kuchga kirgani yo‘q.

Shartnoma BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi bilan 1996-yili qabul qilingan, biroq bir qator mamlakatlar, xususan, AQSh tomonidan yo qabul qilinmagani, yoki ratifikatsiya qilinmagani sabab kuchga kirmagan. Yevropadagi barcha mamlakatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya bitimni ratifikatsiya qilgan.

“Yadroviy qurolga ega mamlakatlar tomonidan sinovlar o‘tkazilishiga nisbatan ko‘ngilli ravishda moratoriy qo‘yilganini olqishlayman, biroq, yana bir bor ta’kidlash o‘rinliki, bu huquqiy bitim o‘rnini bosa olmaydi”, — deyiladi Pan Gi Mun bayonotida.

Shu munosabat bilan u “qolgan mamlakatlarga, ayniqsa, bitim kuchga kirishi uchun imzosi zarur bo‘lgan sakkiz mamlakatga bitimni qabul qilish va ratifikatsiya qilishni so‘rab” murojaat qildi.

Yadroviy sinovlarga qarshi kurash xalqaro kuni BMT Bosh Assambleyasining 2009-yilgi rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 29-avgust kuni nishonlanadi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: BMT

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.