» » Saudiya Arabistonining Yamanga yo‘llagan aviazarbalari natijasida 30 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi

Скачать Saudiya Arabistonining Yamanga yo‘llagan aviazarbalari natijasida 30 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Saudiya Arabistonining Yamanga yo‘llagan aviazarbalari natijasida 30 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi

Yaman shimolidagi Hadja viloyatida joylashgan zavodga Saudiya Arabistoni boshliq mintaqaviy koalitsiya harbiy-havo kuchlari tomonidan yo‘llangan aviazarba natijasida 30 dan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Saudiya Arabistonining Yamanga yo‘llagan aviazarbalari natijasida 30 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi

 

Mahalliy aholining ma’lum qilishicha, hozirgacha 36 nafar qurbonning jasadi topilgan.

Ma’lumot uchun, Yaman hukumati va isyonchilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik 2014-yil avgustida faollashgan edi. 2015-yilning yanvar oyida esa isyonchi xusiylarning “Ansorulloh” harakati mamlakat poytaxti — Sana shahrini egalladi.

Natijada Yaman prezidenti Abd Rabbu Mansur Hodiy dastlab Adanga, 25-mart kuni isyonchilar mazkur shaharga ham kirib kelganidan so‘ng, Saudiya Arabistoniga qochishga majbur bo‘ldi.

26-mart kuni boshlab esa Saudiya Arabistoni tomoni, Abd Rabbu Mansur Hodiyning iltimosiga asosan, Bahrayn, Qatar, Kuvayt va BAA harbiy-havo kuchlari ko‘magida xusiylarga qarshi harbiy-havo operatsiyasini olib bormoqda.

Mazkur koalitsiyaga, shuningdek, Misr, Iordaniya, Marokash va Sudan ham qo‘shilgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.