» » O‘zbekistonda ayrim faoliyat turlari uchun litsenziya olish va muddatini uzaytirish tartibi o‘zgardi

Скачать O‘zbekistonda ayrim faoliyat turlari uchun litsenziya olish va muddatini uzaytirish tartibi o‘zgardi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonda ayrim faoliyat turlari uchun litsenziya olish va muddatini uzaytirish tartibi o‘zgardi

2015-yil 20-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishto‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashni tartibga soluvchi hujjatlarga o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda “Norma.uz” xabar bermoqda.

O‘zbekistonda ayrim faoliyat turlari uchun litsenziya olish va muddatini uzaytirish tartibi o‘zgardi

 

“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi 2000-yil 25-mayda qabul qilingan qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga asosan, endi litsenziyalovchi organdan litsenziya olishi uchun litsenziya da’vogari bo‘lgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnoma nusxasini, jismoniy shaxs esa yakka turdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnoma nusxasini taqdim etishi shart emas.

Shu munosabat bilan, 2006-yil 20-sentabrda qabul qilingan “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonundan mikromoliyalash xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya da’vogari hisoblangan mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnoma nusxasini taqdim etishi kerakligi haqidagi talab chiqarib tashlandi.

Bundan tashqari, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunda litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi muddati ham qisqartirildi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida uch kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart — bungacha bu muddat 10 kunga teng edi.

Litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi muddatini qisqartirishni nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartishlar 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi va 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi qonunlarga ham kiritildi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: O‘zbekiston

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.