» » Rossiyada SIM-karta sotish uchun o‘xshashi yo‘q avtomat ishlab chiqildi

Скачать Rossiyada SIM-karta sotish uchun o‘xshashi yo‘q avtomat ishlab chiqildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Rossiyada SIM-karta sotish uchun o‘xshashi yo‘q avtomat ishlab chiqildi

“Moneta-Vending” kompaniyasi (DI-Group Tomsk xoldingi) nafaqat Rossiyada, balki jahonda o‘xshashi yo‘q SIM-karta sotish uchun mo‘ljallangan avtomat ishlab chiqdi. “Infocom.uz”ning yozishicha, avtomatlashtirilgan sotuvlar nuqtasi ofis va savdo markazlarida, vokzal, aeroport va boshqa jamoat joylarida mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

Rossiyada SIM-karta sotish uchun o‘xshashi yo‘q avtomat ishlab chiqildi

 

Avtomat insonni tanish tizimi bilan jihozlangan, bundan tashqari, shaxsni tanishda ishonchlilikni oshirish uchun pasportni skanerdan o‘tkazadi. Apparat shartnomani imzolash uchun taqdim etish hamda hujjatni qayta qabul qilishda yordam berishi mumkin.

Qurilma naqd va naqdsiz pul to‘lash amalini qo‘llab-quvvatlaydi. Avtomat birinchi navbatda SIM-karta, mobil telefonlar, smartfonlar va aksessuarlar sotishga mo‘ljallangan. Olisdan monitoring va sotish nuqtasini boshqarish funksiyasi nazarda tutilgan.

Hozirgi vaqtda avtomat yaratuvchilari yetakchi mobil aloqa operatori bilan hamkorlikda ishlanmani sinovdan o‘tkazmoqda. Hozirgi vaqtda turli funksionallikka ega apparatlar qatori ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning sinovdan o‘tkazilishi 2016-yilga mo‘ljallangan.

Tizim keyinchalik Osiyo (Tailand, Malayziya, Singapur) bozorlariga olib chiqilishi rejalashtirilgan. DI-Group ma’lumotlariga ko‘ra, bir avtomatning boshlang‘ich narxi 200 ming rublni tashkil etadi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Rossiya SIM-karta

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.