» » O‘zbekiston Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi

Скачать O‘zbekiston Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi

2015-yil 20-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishto‘g‘risida”gi qonunga muvofiq Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Norma.uz” xabar bermoqda.

O‘zbekiston Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi

 

Xususan, kodeksning 18-moddasi yakka tartibdagi tadbirkor Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli ekanligi haqidagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi. Kiritilgan o‘zgartishlarga asosan, soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan muhr bilan tasdiqlanishi kerakligi haqidagi talab endi faqat kichik tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan yuridik shaxsga nisbatan amal qiladi.

Shuningdek, 89-modda beshinchi qism bilan to‘ldirildi, unga ko‘ra, soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning ijrosi sud tomonidan to‘xtatilgan taqdirda, soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatini hisoblash ham to‘xtatiladi.

Kodeksning 91-moddasi tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirish o‘tkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan ko‘p bo‘lmagan davrni qamrab olishini nazarda tutadi.

Kodeksga soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortishning umumiy shartlariga daxldor o‘zgartishlar ham kiritildi.

Xususan, 108-moddaning sakkizinchi qismi endi quyidagi tahrirda bayon etiladi: “Soliq to‘lovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar uncha og‘ir bo‘lmagan moliyaviy sanksiyani og‘irroq jarima bilan qamrab olish yoxud tayinlangan jarimalarni to‘liq yoki qisman qo‘shish orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui bo‘yicha qo‘llaniladi. Bunda jarimaning uzil-kesil miqdori jarimaning yuqori miqdori nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan eng ko‘p miqdordan oshishi mumkin emas”.

Shuningdek, agar soliq to‘lovchi birinchi ish bo‘yicha qaror chiqarilguniga qadar soliqqa oid yana boshqa huquqbuzarliklar sodir etganligi ish bo‘yicha qaror chiqarilganidan so‘ng aniqlansa, 108-moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jarima qo‘llanilishi belgilab qo‘yildi. Bu holda, sud tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui bo‘yicha tayinlangan jarima miqdorida birinchi qaror bo‘yicha to‘langan jarimaning summasi hisobga olinadi.

Bundan tashqari, moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibiga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 112-modda to‘rtinchi qism bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, “qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiya huquqbuzarlikning oqibatlariga nomutanosib bo‘lgan, javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, shuningdek huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olib, sud ushbu Kodeksning 17-bobida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq, biroq belgilangan sanksiya eng kam miqdorining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, sabablar va asoslarni albatta ko‘rsatgan holda moliyaviy sanksiya qo‘llashga haqli”.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.