» » “Missis Dunyo − 2015” maqomi kanadalik ayolga berildi

“Missis Dunyo − 2015” maqomi kanadalik ayolga berildi

Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Missis Dunyo – 2015” tanlovida kanadalik Eshli Burnxem g‘olib chiqdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Missis Dunyo − 2015” maqomi kanadalik ayolga berildi

 

Undan keyingi o‘rinlarni Janubiy Afrika, Ukraina va Kosta-Rika vakilalari egalladi. BuzzFeed portali xabariga ko‘ra, Burnxem model va aktrisa sifatida faoliyat olib boradi.

“‘Missis Dunyo’ tanlovining yangi g‘olibasiga aylanganimdan faxrlanaman! Men mazkur sovrinni qo‘lga kiritgan Shimoliy Amerika hindularining ilk vakilasiman. Shuningdek, ‘Missis Dunyo’ sifatida tan olingan ilk kanadalikman. Juda ham xursandman”, — deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Burnxem.

O‘tgan yilgi tanlov AQShning Merilend shtatida bo‘lib o‘tgan, unda Belarus vakilasi Marina Alekseychik g‘alaba qozongan edi.


Manba: Daryo.uz


Метки: Missis Dunyo 2015

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.