» » AQShda Marsga parvoz imitatsiyasi bo‘yicha 365 kunlik tajriba boshlandi

Скачать AQShda Marsga parvoz imitatsiyasi bo‘yicha 365 kunlik tajriba boshlandi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

AQShda Marsga parvoz imitatsiyasi bo‘yicha 365 kunlik tajriba boshlandi

AQShda Marsga parvoz imitatsiyasi bo‘yicha 365 kunlik tajriba boshlandi

 

Gavayi orollarida NASA’ning cheklangan makonda odamlarning hayot kechirishi bilan bog‘liq bir yil davom etadigan tajriba missiyasi boshlandi. “Inform.kz” xabariga ko‘ra, tajriba Marsga uchadigan parvozi boshqariladigan missiyani tayyorlash doirasida o‘tkazilmoqda.

Ekipaj olti kishidan — fransiyalik astrobiolog, germaniyalik fizik va to‘rt amerikalik — uchuvchi, arxitektor, shifokor ( ham jurnalist) va tuproqshunosdan tashkil topgan.

Diametri 11, balandligi 6 metr bo‘lgan gumbaz ostida missiyaning har bir ishtirokchisi uchun mo‘ljallangan mo‘jaz uychalar bor. Ayollar va erkaklar gumbaz ostidan faqat skafandrlarda tashqariga chiqishi mumkin.

Ovqat sifatida faqat kukunga aylantirilgan pishloq yoki konservalangan tunets kabi mahsulotlardan foydalaniladi. Bundan tashqari, missiya qatnashchilarining internetdan foydalanishlari ham cheklab qo‘yiladi.

Qayd etishlaricha, modul joylashtirilgan Mauna-Loa tog‘lari okrugida jonivorlar va o‘simliklar qariyb uchramaydi.

Missiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad — olti kishi cheklangan makonda musaffo havo va yangi ovqatsiz uzoq vaqt davomida yashay oladimi-yo‘qmi, degan savolga javob topishdir.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: AQShda Marsga

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.