» » Xitoy kompaniyasi Tojikistonda neftni qayta ishlash zavodi quradi

Xitoy kompaniyasi Tojikistonda neftni qayta ishlash zavodi quradi

Xitoy kompaniyasi Tojikistonda neftni qayta ishlash zavodi quradi

 

Xitoyning Heli kompaniyasi Tojikistondagi “Dang‘ara” erkin iqtisodiy zonasida neftni qayta ishlash zavodi qurilishi loyihasining amaliy qismini ro‘yobga chiqarishni boshladi. “Nm.tj” xabariga ko‘ra, qurilish ishlari sentyabrda boshlanadi, shu oyning ikkinchi o‘n kunligida zavodning to‘rt qavatli ma’muriy binosi qurib bitkaziladi.

Bo‘lajak zavod uchun texnologik uskunalar Yevropa va Xitoydan olib kelinmoqda. “Uskunalarning aksariyat qismi Germaniya va Italiyada ishlab chiqarilgan”, — deydi loyihaga yaqin manba. Erkin iqtisodiy zona rahbariyatining qo‘shimcha qilishicha, jahon moliyaviy inqirozi loyihaning amalga oshirilishiga ta’sir qilmagan.

Qurilish ishlari belgilangan jadval asosida olib borilmoqda va korxonaning birinchi navbati 2016-yil aprelida ishga tushishi rejalashtirilgan, keyingi navbatlari esa 2017-yilda faoliyat ko‘rsatishni boshlaydi. Qayd etishlaricha, Xitoy tomoni mazkur neftni qayta ishlash zavodi qurilishi loyihasiga 460 million dollar investitsiya kiritadi.


Manba: Daryo.uz


Метки: Tojikistonda Xitoy

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.