» » Teylor Svift MTV Video Music Awards’ning “Yil klipi” yo‘nalishida g‘olib chiqdi

Скачать Teylor Svift MTV Video Music Awards’ning “Yil klipi” yo‘nalishida g‘olib chiqdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Teylor Svift MTV Video Music Awards’ning “Yil klipi” yo‘nalishida g‘olib chiqdi

Los-Anjelesda MTV Video Music Awards 2015 taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. “Gazeta.ru” xabariga ko‘ra, xonanda Mayli Sayrus boshlovchilik qilgan mazkur tadbir MTV telekanali tarixidagi hisob bo‘yicha 32-taqdimotdir.

Teylor Svift MTV Video Music Awards’ning “Yil klipi” yo‘nalishida g‘olib chiqdi

 

“Yil klipi” yo‘nalishida Teylor Sviftning “Bad Blood” qo‘shig‘iga ishlangan video g‘olib chiqdi; klipda reper Kendrik Lamarning chiqishi esa “Eng yaxshi hamkorlik” mukofotiga loyiq ko‘rildi. Sviftning boshqa — “Blank Space” qo‘shig‘i uchun tayyorlangan video esa “Ayol xonandaning eng yaxshi klipi” va “Eng yaxshi pop-video” yo‘nalishlarida MTV VMA 2015 haykalchalarini qo‘lga kiritdi.

Fall Out Boy’ning “Uma Thurman” qo‘shig‘i klipi “Yil rok-videosi” deb topildi. Xip-xop yo‘nalishida Niki Minajning “Anaconda” qo‘shig‘i klipi, “Erkak xonandaning eng yaxshi klipi” yo‘nalishida esa Mark Ronson va Bruno Mars duetining “Uptown Funk” qo‘shig‘i videosi birinchi bo‘ldi.

Niki Minaj taqdimot tashkilotchilarini irqchilikda ayblaganiga qaramay, Maykl Jekson nomidagi maxsus mukofot AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchiligini e’lon qilgan reper Kanye Uestga, musiqa sanoatida kelajagi porloq yosh ijrochiga aylangan mukofot esa reper Fetty Wap’ga topshirildi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Teylor Svift MTV

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.