» » Olimlar: Kunduzgi uyqu yurak xurujidan himoya qiladi

Скачать Olimlar: Kunduzgi uyqu yurak xurujidan himoya qiladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Olimlar: Kunduzgi uyqu yurak xurujidan himoya qiladi

Kam miqdordagi kunduzgi uyqu “hayotni qutqarishi” mumkin, uning sharofati bilan odamlarda yurak xuruji xavfi kamayadi. Bu haqda, Gretsiyadagi Asklepieion Voula gospitali mutaxassislari tadqiqotiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Olimlar: Kunduzgi uyqu yurak xurujidan himoya qiladi

 

Tadqiqot rahbari doktor Manolis Kallistratosning so‘zlariga ko‘ra, yuqori bosim kunduzi mudrab olishni yoqtiruvchilarning qon tomirlari va yuragiga kamroq zarar yetkazadi.

Gretsiyalik mutaxassislar yuqori qon bosimidan aziyat chekuvchi 400 nafarga yaqin o‘rtacha yoshi 61 da bo‘lgan ayol va erkakni kuzatib bordi. Aniqlanishicha, kunduzgi uyquga vaqt ajratgan ishtirokchilarda bosim, taxminan, besh foizga pasaygan.

Olimlarning fikricha, bu yurak xurujlari soniga sezilarli ta’sir qilish uchun yetarli. Boshqa ko‘rsatkichlar, xususan, puls chastotasi ham kunduzi uxlaydiganlarda kun davomida tetik yuradiganlardan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishini ko‘rsatdi. Kunduzgi uyqusi uzoqroq bo‘lganlarda (taxminan bir kunda bir soat) natijalar ham yaxshiroq bo‘lgan.

Kallistratos kunduzgi uyquni “eski odat” deb ataydi, uning fikricha, buni zamonaviy hayot tarzi bilan yanada uyg‘unlashtirish kerak. “Kunduzgi uyqu belgilangan ish jadvali bo‘yicha har kuni band bo‘lishni nazarda tutuvchi mehnat madaniyati sabab faqat tanlanganlar uchun odatga aylandi, xolos”, — deydi

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Olimlar Kunduz

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.