» » Turkiyada portlash oqibatida bir necha politsiya xodimi jarohat oldi

Turkiyada portlash oqibatida bir necha politsiya xodimi jarohat oldi

Turkiyaning Iroq bilan chegaradosh Shirnak viloyatida Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari tomonidan yo‘lga joylashtirilgan bomba portlashi oqibatida bir necha politsiyachi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Turkiyada portlash oqibatida bir necha politsiya xodimi jarohat oldi

 

Hujum Idil va Jizr uyezdlari o‘rtasidagi avtoyo‘lda sodir bo‘lgan. Politsiya mashinasi xodimlarni o‘zlari xizmat qiladigan aeroportga olib ketayotganda masofadan turib boshqariluvchi portlovchi qurilma ishga tushirilgan.

Trassaning ikkala yo‘nalishi ham yopilgan. Jarohat olganlar soniga aniqlik kiritilmoqda. Voqea joyiga “tez yordam” mashinalari, shuningdek, jangarilarning ehtimoliy hujumining oldini olish uchun maxsus xizmat bo‘linmalari yetib kelgan.


Manba: Daryo.uz






Метки: Turkiyada Turkiya

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.