» » Farg‘ona viloyatida 16 harbiy xizmatchi oilasi yangi uyga ko‘chib o‘tdi

Скачать Farg‘ona viloyatida 16 harbiy xizmatchi oilasi yangi uyga ko‘chib o‘tdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Farg‘ona viloyatida 16 harbiy xizmatchi oilasi yangi uyga ko‘chib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining Farg‘ona viloyatidagi harbiy qismlaridan birida harbiy xizmatchilar uchun chegara posti majmuasi va yangi uy-joy foydalanishga topshirildi. Ushbu zamonaviy uylarga 16 harbiy xizmatchi oilasi ko‘chib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Farg‘ona viloyatida 16 harbiy xizmatchi oilasi yangi uyga ko‘chib o‘tdi

 

Tadbirda harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, urush va mehnat fronti faxriylari, yoshlar ishtirok etdi.

– Biz, harbiylar uchun yaratilayotgan sharoitlardan juda mamnunmiz, – deydi leytenant Hamidjon G‘afforov. – Oilamiz uchun ajratilgan xonadonda barcha qulayliklar muhayyo. Sharoitlar shaharnikidan aslo qolishmaydi. Oilamiz yonimizda. Davlatimiz harbiy xizmatchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgan ekan, biz ham shunga munosib bo‘lishga, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishga va’da beramiz.

Yangi chegara posti majmuasi harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston mustaqilligining 24 yillik bayrami oldidan ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilarning Vatan, mustaqillik, tinchlik va yoshlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari tadbirga bayramona shukuh bag‘ishladi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Farg‘ona viloyatida

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.