» » Yapon kompaniyasi pulsni o‘lchay oladigan futbolka ishlab chiqdi

Скачать Yapon kompaniyasi pulsni o‘lchay oladigan futbolka ishlab chiqdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yapon kompaniyasi pulsni o‘lchay oladigan futbolka ishlab chiqdi

Yaponiyaning Toyobo kompaniyasi inson pulsini o‘lchay oladigan, shuningdek, boshqa fiziologik ko‘rsatkichlarni oladigan maxsus materialni ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Yapon kompaniyasi pulsni o‘lchay oladigan futbolka ishlab chiqdi

 

“Kokomi” nomini olgan materialning tashqi ko‘rinishi audioplyonkani eslatadi. U futbolka yoki ichki kiyimlarning ichki qismiga joylashtiriladi va teridan hattoki eng kichik elektron impulslarni ham qabul qila oladi. Kiyimga joylashtirilgan maxsus uzatuvchi moslama smartfonga yoki boshqa qurilmaga ma’lumotlarni yetkazadi.

Kompaniya bayonotida aytilishicha, ushbu innovatsion material yordamida nafaqat yurak pulsi, balki nafas olish tezligi va boshqa ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. Undan tiklanish va sport tibbiyotida foydalanish rejalashtirilgan. Yangilik 2017-yildan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Yapon

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.