» » Termizda “Keksalarning duosini olaylik” ijtimoiy aksiyasi o‘tkazildi

Скачать Termizda “Keksalarning duosini olaylik” ijtimoiy aksiyasi o‘tkazildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Termizda “Keksalarning duosini olaylik” ijtimoiy aksiyasi o‘tkazildi

Termizda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan ijtimoiy aksiya “Keksalarning duosini olaylik” deb nomlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Termizda “Keksalarning duosini olaylik” ijtimoiy aksiyasi o‘tkazildi

 

Tadbirda nuroniylar, yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

– Bugungi yoshlarga biz ko‘rgan sitamlar, sobiq tuzum davridagi sharoit haqida gapirsam, ertak deb o‘ylashadi, – deydi mehnat faxriysi Shoberdi bobo Qurbonov. – Bir tomondan shunisiga ham quvonaman. Ilohim, ular u kunlarni hech qachon ko‘rmasin. Mustaqil yurtda ozod va farovon yashasin. Istiqlol bizga shu ne’matni berdi. Davlatimiz tomonidan yoshi ulug‘larga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotir. Buning uchun Yurtboshimizdan behad minnatdormiz.

Surxondaryo viloyatida 140 mingdan ortiq oltmish yoshdan oshgan otaxon va onaxon farovon hayot kechirmoqda. Ularning olti ming uch yuz nafari urush va mehnat fronti faxriysi, 185 nafari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisidir. Aksiya doirasida ularning holidan xabar olinib, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

Tadbir doirasida milliy hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Mustaqillik, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.