» » Ukraina Oliy Radasi oldidagi namoyish vaqtida granata portladi

Скачать Ukraina Oliy Radasi oldidagi namoyish vaqtida granata portladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Ukraina Oliy Radasi oldidagi namoyish vaqtida granata portladi

Kiyev markazida Ukraina Oliy Radasi oldida markazsizlashtirishdan norozilar o‘tkazayotgan namoyish chog‘ida jangovar granata portladi, deb xabar bermoqda Euronews.

Ukraina Oliy Radasi oldidagi namoyish vaqtida granata portladi

 

Hozirgacha 50 kishi jarohat olgani aytilgan. IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Milliy gvardiyaning 5−7 nafar xodimining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Qolganlarning jarohati o‘rta darajada. Boshqa manbalar jarohatlanganlar orasida jurnalistlar ham borligini ma’lum qilgan.

Jarohatlanganlarni tashishda tez yordam mashinalari yetishmayotgani bois patrul avtomobillaridan ham foydalanilmoqda. Milliy gvardiya va IIVning ba’zi xodimlariga Rada yonidayoq yordam ko‘rsatilgan. Granatani huquq muhofazachilariga qarata kim otgani hozircha aniqlanmagan. To‘qnashuv hali to‘xtamagan, namoyishchilar “Impichment!” deb hayqirmoqda.

Dushanba tongida boshlangan namoyishlarga Ukraina Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar sabab bo‘lgan. Oliy Rada deputatlari tomonidan ma’qullangan markazsizlashtirish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, sharqiy viloyatlarga ko‘proq vakolatlar beriladi. Ushbu qonun qabul qilinishini Yevropa Ittifoqi Ukraina sharqidagi mojaro tugatilishi umidida talab qilgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Ukraina Oliy Radasi

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.