» » Amerikalik ayol ikki oylik o‘g‘lini supermarket aravachasida unutib qoldirdi

Скачать Amerikalik ayol ikki oylik o‘g‘lini supermarket aravachasida unutib qoldirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Amerikalik ayol ikki oylik o‘g‘lini supermarket aravachasida unutib qoldirdi

AQShning Arizona shtatida istiqomat qiluvchi ayol supermarket aravachasida ikki oylik o‘g‘lini yoddan chiqarib, qoldirib ketdi. The Daily Mail xabariga ko‘ra, to‘rt farzandning onasi hisoblangan 27 yoshli Cherish Peterson, jiyanining tug‘ilgan kuniga konfet sotib olish maqsadida, uch bolasi bilan do‘konga borgan.

Amerikalik ayol ikki oylik o‘g‘lini supermarket aravachasida unutib qoldirdi

 

Aravacha ichidagi chaqaloqni politsiya xodimi topgan.

Peterson uyga yetib borganidan so‘ng, o‘g‘lini supermarketda esdan chiqarib qoldirganini bilgan. Ayolning ta’kidlashicha, u 40 daqiqa ichida o‘g‘lining oldiga yetib borgan. Politsiyachilar chaqaloqni unga qaytargan, ayni vaqtda, ona tomondan bolaga xavf tug‘dirilgani haqida huquqni muhofaza qilish organlariga ariza berilgan.

Hodisa haqida mahalliy OAVda xabarlar berilganidan so‘ng, internet foydalanuvchilarining aksariyati Petersonni bolalarga yaxshi qaray olmaganlikda ayblab, voqea yuz bergan vaqtda u yo mast, yoki giyohvand modda ta’siri ostida bo‘lgan, deb taxmin qilgan. Tanqidga javoban, ayol CBS5 telekanaliga bergan intervyusida, o‘z farzandlarini juda ham sevishini, yuz bergan hodisa esa tasodif ekanligini aytib o‘tgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Amerikalik ayol

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.