» » Sud AQSh maxsus xizmatlariga telefon suhbatlarini tinglashni noyabr oxirigacha davom ettirishga ruxsat berdi

Sud AQSh maxsus xizmatlariga telefon suhbatlarini tinglashni noyabr oxirigacha davom ettirishga ruxsat berdi

Amerika maxsus xizmatlari telefon suhbatlarini tinglash bo‘yicha keng ko‘lamli dasturini joriy yilning noyabr oyigacha davom ettirish uchun ruxsat oldi, deya xabar bermoqda “TASS” AQSh adliya vazirligi va milliy razvedka direktori apparatining birgalikdagi bayonotiga tayanib.

Sud AQSh maxsus xizmatlariga telefon suhbatlarini tinglashni noyabr oxirigacha davom ettirishga ruxsat berdi

 

Hujjatda aniqlik kiritilishicha, ruxsatnoma xorijiy razvedkalar faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha Amerika maxsus sudi tomonidan berilgan. Unga ko‘ra, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi telefon qo‘ng‘iroqlarini, Amerika hukumati ta’kidlashicha, ular haqida “metama’lumotlar” olish uchun 28-noyabrgacha kuzatish huquqiga ega.

Noyabr oxirigacha MXA yangi, shunga o‘xshash dasturni yo‘lga qo‘yishi taxmin qilinmoqda.


Manba: Daryo.uz






Метки: Sud AQSh

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.