» » Ussuriysk hayvonot bog‘laridagi 30 ga yaqin jonivor suv toshqini natijasida nobud bo‘ldi

Скачать Ussuriysk hayvonot bog‘laridagi 30 ga yaqin jonivor suv toshqini natijasida nobud bo‘ldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Ussuriysk hayvonot bog‘laridagi 30 ga yaqin jonivor suv toshqini natijasida nobud bo‘ldi

Rossiyaning Ussuriysk shahrida toshqin natijasida “Yashil orol” va “Mo‘jizaviy” hayvonot bog‘larida saqlanayotgan 28 dan ortiq jonivor va parrandalar halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RBK”.

Ussuriysk hayvonot bog‘laridagi 30 ga yaqin jonivor suv toshqini natijasida nobud bo‘ldi

 

Hayvonlar nobud bo‘lishi holati bo‘yicha Primorye o‘lkasi prokuraturasi tekshiruv olib borgan. Natijada 26—31-avgust kunlari Primorye o‘lkasiga “Goni” to‘foni yopirilgani, shu munosabat bilan 27-avgust kuni Ussuriysk shahar ma’muriyati favqulodda vaziyat rejimini joriy qilgani ma’lum bo‘ldi.

Prokuratura versiyasiga ko‘ra, hayvonot bog‘i xodimlari to‘fon oqibatlari oldini olish uchun hech qanday chora ko‘rmagan. Jonivorlar xodimlarning “noqonuniy harakatsizligi” tufayli nobud bo‘lgan.

O‘tgan hafta davomida Ussuriyskda kamida ikki oylik yog‘ingarchilik normasi yog‘di. To‘fon natijasida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida odamlar orasida qurbonlar bo‘lgani yo‘q. Shaharda bir necha o‘nlab uylar va bolalar bog‘chasi suv ostida qolgan, 2,5 mingga yaqin aholi elektr ta’minotidan uzilib qolgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Ussuriysk

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.