» » Tojikiston prezidenti O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga bor kuchini sarflashga tayyor

Скачать Tojikiston prezidenti O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga bor kuchini sarflashga tayyor в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Tojikiston prezidenti O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga bor kuchini sarflashga tayyor

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 1-sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga tabrik telegrammasini yo‘lladi. Bu haqda, Tojikiston prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib, “Nm.tj” xabar bermoqda.

Tojikiston prezidenti O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga bor kuchini sarflashga tayyor

 

“Xalqlarimizni bog‘lab turuvchi mustahkam do‘stlik va qo‘shnichilik munosabatlari, tarixan shakllangan ma’naviy-madaniy aloqalar davlatlararo muloqotning muvaffaqiyatli rivoji uchun ishonchli asos bo‘lishi kerak”, — deyiladi Tojikiston prezidentining O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasida.

Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston “ko‘p tarmoqli o‘zbek-tojik hamkorligining to‘xtovsiz rivojiga katta e’tibor qaratadi va uning yanada rivojlanishi hamda aniq mundarijaga ega bo‘lishi uchun harakat qiladi”.

“So‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarda kuzatilayotgan ijobiy o‘sish uning keyingi rivoji xususida umid uyg‘otadi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish uchun imkoni bor barcha choralarni ishga solishga tayyor ekanligimizni alohida qayd etishni istardim. Xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik qadriyatlari mustahkamlanishi va boyishi uchun Siz bilan birga barcha kuchni sarflashga tayyorman”, — deb yozadi Emomali Rahmon.

Tojikiston rahbari “O‘zbekistonning rivojlanishi yo‘lida” mustahkam sog‘liq, baxt va yangi muvaffaqiyatlar, “do‘st O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik” tilagan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.