» » Toshkentda yangi MAN avtobusi 44-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishni boshladi

Скачать Toshkentda yangi MAN avtobusi 44-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishni boshladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentda yangi MAN avtobusi 44-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishni boshladi

Toshkent shahrida gazda harakatlanuvchi MAN avtobusi sinovi yakuniga yetdi. “Tashtrans.uz” xabariga ko‘ra, yangi avtobus Mustaqillik bayrami arafasida 44-yo‘nalish bo‘ylab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlagan.

Avtobus salonida jami o‘rindiqlar soni 28 dona bo‘lib, ular juda yumshoq va qulay. “Avtobusning orqa qismidagi zina birinchi navbatda turib ketayotgan yo‘lovchilarga ma’lum bir noqulaylik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yagona kamchilikdir”, — deyiladi sayt xabarida.

Toshkentda yangi MAN avtobusi 44-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishni boshladi

 

Salonning old qismi toshkentlik yo‘lovchilar o‘rganib qolgan Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobuslaridan biroz farq qiladi, xususan, chap tomonda joylashgan o‘rindiqlarni, yo‘lovchilar soni ko‘payib ketgan vaqtda, yig‘ib qo‘yish mumkin.

Toshkentda yangi MAN avtobusi 44-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishni boshladi

Avtobus salonidagi old g‘ildiraklarning bo‘rtib chiqqan qismi kichik shkafcha ko‘rinishida ishlangan. “Bu shkafchalar texnik asbob-uskunalarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan, bizning yo‘lovchilar esa undan qo‘l yukini qo‘yish uchun foydalansa ajab emas”, — deb yozadi Tashtrans.uz.

“Avtobusning yana bir jiddiy kamchiligi — darchalar ancha kichik va ingicha, bu esa salondagi ventilatsiyaning normal kechishiga xalal beradi. Shu sababli jazirama kunlarda tiqilinch salonda nafas olish biroz qiyin bo‘lishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qilinadi sayt xabarida.

“Umuman olganda, avtobusdan olingan yaxshi taassurot topilgan kamchiliklardan ancha katta va, umid qilamizki, yangi MAN avtobusi bizning yo‘llarimizga moslashib, ‘o‘zidan ko‘payib ketadi’”, — deyiladi Tashtrans.uz xabarida.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Toshkentda MAN

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.