» » IShID Iroqda o‘zining 120 nafar jangarisini xiyonatda ayblab qatl etdi

Скачать IShID Iroqda o‘zining 120 nafar jangarisini xiyonatda ayblab qatl etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

IShID Iroqda o‘zining 120 nafar jangarisini xiyonatda ayblab qatl etdi

Iroqning Naynava viloyatida 31-avgust, dushanba kuni “Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkilotining 120 dan ortiq jangarisi qatl etildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

IShID Iroqda o‘zining 120 nafar jangarisini xiyonatda ayblab qatl etdi

 

Kurdiston Demokratik partiyasi vakili Said Mamazuniyning so‘zlariga ko‘ra, IShIDning o‘zi tomonidan qatl etilgan mazkur jangarilar to‘ntarishga hamda tashkilot rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyni yo‘q qilishga urinishda ayblangan.

Mamazuniyning qayd etishicha, to‘ntarish 30-avgust, yakshanba kuni ro‘y berishi kerak edi. “Biroq ikki kun avval hibsga olingan ikki jangari fitnachilarning rejasini fosh etib qo‘ygan”, — dedi u.

Natijada 122 nafar jangari, xususan, 18 nafar dala qo‘mondoni Mosul janubidagi qamoqxonada otib tashlangan. Mamazuniyning qo‘shimcha qilishicha, pul, hokimiyat va ta’sir doiralarini deb yuz berayotgan “IShIDdagi bo‘linish tobora ochiq ko‘rinib bormoqda”.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: IShID Iroq

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.