» » Xitoy Xalq banki mamlakat moliya tizimiga yana 20 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi

Xitoy Xalq banki mamlakat moliya tizimiga yana 20 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi

Xitoy Xalq banki (Markaziy bank) qayta repo operatsiyalari (qimmatbaho qog‘ozlarni belgilangan narxda qayta sotish majburiyati bilan sotib olish) yordamida mamlakat moliya tizimiga qo‘shimcha ravishda 150 milliard yuan (23,6 milliard dollar) kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Xitoy Xalq banki mamlakat moliya tizimiga yana 20 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi

 

Xitoy Xalq banki repo operatsiyalarini 2,35 foiz stavkasi bilan 7 kunlik muddat bilan amalga oshirdi.

O‘tgan haftaning 26 va 27-avgust kunlari Xitoy Xalq banki mamlakat moliya tizimiga 45 milliard dollardan ziyod mablag‘ kiritgan edi. Mazkur harakatlar Xitoy fond birjalari indeksi 24 va 25-avgust kunlari mos ravishda 8 va 7 foizga tushgan vaqtda amalga oshirildi.


Manba: Daryo.uz


Метки: Xitoy Xalq

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.