» » O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev jahon chempionini Osiyo chempionatidan chiqarib yubordi

Скачать O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev jahon chempionini Osiyo chempionatidan chiqarib yubordi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev jahon chempionini Osiyo chempionatidan chiqarib yubordi

Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chepmpionati o‘yinlari davom etmoqda. 1-sentabr kuni kunduzgi dasturdan o‘rin olgan chorak final bahslari yakuniga yetdi. Unda ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi ringga ko‘tarildi va g‘alabaga erishdi, deb xabar qiladi “Stadion.uz”.

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev jahon chempionini Osiyo chempionatidan chiqarib yubordi

 

Dastlab -49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov yaponiyalik Tsuboy Tomoya bilan jang olib bordi. O‘zbekistonlik bokschi ringda to‘la ustunlikka erishdi hamda hakamlarning uchalasi g‘alabani Do‘smatovga berdi — 3:0. Shu tariqa Hasanboy yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yosh bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev esa kunning sensatsion natijalaridan birini qayd etdi. O‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni, o‘smirlar o‘rtasidagi olimpiya o‘yinlari (Nankin) g‘olibi bo‘lgan Bektemir kattalar terma jamoasi safiga qo‘shilganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. U bugun qozog‘istonlik jahon va Osiyo chempioni Janibek Alimxanulining sinovidan o‘tdi. Qo‘shni yurt sportchisi tajriba, bo‘y va texnikada ustunlikka ega bo‘lganiga qaramay, Meliqo‘ziyev jangni g‘alabagacha olib bordi. Birinchi va ikkinchi raundlar nisbatan teng o‘tdi. Uchinchi raundda esa o‘zbek bokschisi raqibiga kuchli va aniq zarbalar yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Natijada hakamlarning ikki nafari g‘alabani Bektemir Meliqo‘ziyevga taqdim etdi — 2:1.

Bugun kechki dasturda yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi — Murodjon Ahmadaliyev (56 kg), Fazliddin G‘oibnazarov (64 kg), Rustam To‘laganov (91 kg) chorak final janglarini o‘tkazadi. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yana 4 nafar bokschi chorak final janglari uchun ertaga, 2-sentabr kuni ringga ko‘tariladi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.