» » Xabarovskdagi sinfxonaga KXDR yetakchilari va Putin portretlari osib qo‘yildi

Скачать Xabarovskdagi sinfxonaga KXDR yetakchilari va Putin portretlari osib qo‘yildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Xabarovskdagi sinfxonaga KXDR yetakchilari va Putin portretlari osib qo‘yildi

Rossiyaning Xabarovsk shahridagi gimnaziyada Rossiya preziyenti Vladimir Putin hamda KXDR yetakchilari Kim Ir Sen va Kim Chen Ir portretlari bilan bezatilgan rus—koreys do‘stligi sinfxonasi ochildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Xabarovskdagi sinfxonaga KXDR yetakchilari va Putin portretlari osib qo‘yildi

 

Sinfning 1-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan tantanali ochilish marosimida Xabarovsk meri Aleksandr Sokolov va KXDRning Uzoq Sharqdagi bosh konsulligi mahalliy idorasi rahbari Mun Xo qatnashdi.

Jurnalistlarning Xabarovsk maktablarida do‘stlik sinflarining ochilishi Shimoliy Koreya targ‘iboti manbasiga aylanmaydimi, qabilidagi savoliga Mun Xo shunday javob berdi: “Bolalar turli vositalar orqali bizning hayotimiz bilan tanishishlarini xohlaymiz. Haqqoniy borliqqina chuchxe g‘oyalari hayotga qanchalik tatbiq etilganini ko‘rsatib bera oladi. Shuning uchun ham ortiqcha tushuntirishning keragi yo‘q, bolalar o‘zlari ko‘rib, o‘zlari tushunib oladi. Shuning o‘zi yetarli”.

“Xona chuchxe g‘oyalari ruhida jihozlangan: ortiqcha hech narsa yo‘q. Tashkilotchilarning fikricha, eng asosiy bezak yetakchilarning portreti bo‘lishi kerak. Nima uchundir jahondagi eng yopiq mamlakatlardan birining ikki yetakchisi yoniga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning surati ham qo‘yilgan”, — deyiladi “Vostok-Media” xabarida.

Ma’lumot uchun, Xabarovskdagi ilk Rossiya—KXDR do‘stlik sinfi 2013-yili ochilgandi. Sinf shahardagi 11-maktabda ochilgan bo‘lib, bu yerda mahalliy o‘quvchilar bilan bir qator shimoliy koreyalik diplomatlarning farzandlari ham ta’lim oladi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.