» » O‘zbekistonlik yana 3 bokschi Osiyo chempionati yarim finaliga chiqdi

Скачать O‘zbekistonlik yana 3 bokschi Osiyo chempionati yarim finaliga chiqdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonlik yana 3 bokschi Osiyo chempionati yarim finaliga chiqdi

Bangkokda davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yana 3 nafar o‘zbekistonlik sportchi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, deb xabar qiladi “Stadion.uz”.

O‘zbekistonlik yana 3 bokschi Osiyo chempionati yarim finaliga chiqdi

 

-56 kg vaznda ishtirok etayotgan Murodjon Ahmadaliyev chorak finalda vyetnamlik Tran Pu Chuong bilan bahs olib bordi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Hakamlarning barchasi g‘alabani o‘zbekistonlik bokschiga taqdim etdi.

-64 kg vazn toifasida London olimpiadasida chorak finalgacha yetib borgan Fazliddin G‘oibnazarov yarim final yo‘llanmasi uchun jangda hindistonlik Manoj Kumarni mag‘lub etdi. Hind bokschisi Fazliddinga qarshilik ko‘rsatishga urindi, ammo o‘zbekistonlik bokschi taktik jihatdan to‘g‘ri jang olib bordi. Natijada u ham ringni g‘olib sifatida tark etdi.

Kunning eng so‘nggi jangida -91 kg vaznda Rustam To‘laganov ham hind bokschisiga qarshi bellashdi. Hakamlarning barchasi o‘zbek bokschisi Manprit Sinx ustidan g‘alaba qozonganini qayd etdi.

Bugun, 1-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan kunduzgi janglarda Hasanboy Do‘smatov va Bektemir Meliqo‘ziyev ham keyingi bosqichga o‘tgani haqida xabar bergandik. Shu tariqa, bugun ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik bokschilarning barchasi g‘olib chiqib, yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasining mazkur 5 nafar a’zosi medallarni qo‘lga kiritadi. 2-sentabr kuni yana 4 nafar o‘zbek sportchisi yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: O‘zbekistonlik yana

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.