» » Toshkentda taksi haydovchisi jinoyatchini qo‘lga olishga yordam berdi

Скачать Toshkentda taksi haydovchisi jinoyatchini qo‘lga olishga yordam berdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentda taksi haydovchisi jinoyatchini qo‘lga olishga yordam berdi

Urganchlik 30 yoshni qarshilayotgan shaxs qish kunlarining birida Urganchning Jayhun ko‘chasida istiqomat qiluvchi qarindoshinikiga to‘yga aytgani bordi. Spirtli ichimlik ichgan shaxs xonadon kelini yolg‘iz ekanligini ko‘rgach, uni qo‘rqitib, 100 AQSh dollari, 50 ming so‘m pul hamda narxlari 700 ming so‘m va 100 ming so‘m bo‘lgan ikkita uyali aloqa telefonini qo‘lga kiritdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Toshkentda taksi haydovchisi jinoyatchini qo‘lga olishga yordam berdi

 

Xonadondan chiqqancha u Toshkent shahriga yetib keldi. Taksi to‘xtatib, manzilni aytdi. Hali ham mast bo‘lgan talonchi yo‘l-yo‘lakay qo‘lidagi pivo shishasini sindirib, taksichining biqiniga tiradi va uning cho‘ntagidagi 42 500 so‘m pulini olib qo‘ydi. Keyin esa haydovchiga yo‘lda davom etishni buyurdi. Haydovchi harakat xavfsizligini kuzatib turgan yo‘l-patrul xizmati xodimlarini ko‘rib qoldi va mashinani noto‘g‘ri harakatlantirdi. Yo‘l qoidasi buzilayotganini ilg‘agan xodimlar unga to‘xtash ishorasini qildi. Taksi haydovchisi bor gapni aytib berdi.

Gazetada qayd etilishicha, bosqinchi qonun himoyachilari tomonidan qo‘lga olingan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudining hukmiga binoan, bosqinchilik va talonchilik jinoyatlarini sodir qilgani uchun u 5 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Toshkent Toshkentda

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.