» » O‘zbekiston Filippinga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotsa, jahon chempionatisiz qolishi mumkin

Скачать O‘zbekiston Filippinga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotsa, jahon chempionatisiz qolishi mumkin в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston Filippinga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotsa, jahon chempionatisiz qolishi mumkin

JCh—2018 saralash bosqichi doirasidagi 3-sentabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston — Yaman o‘yinidan keyin “Uff.uz” sayti milliy termaning keyingi imkoniyatlarini chamalab chiqdi.

O‘zbekiston Filippinga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotsa, jahon chempionatisiz qolishi mumkin

 

“Kecha g‘alaba qozondik. Uch ochko cho‘ntagimizda. Go‘yoki, har qanday tanqidni ortga surib tursak bo‘ladi. Ammo, shuni aytishimiz kerakki, 1:0 hisobidagi g‘alaba bizga deyarli hech narsa bermadi. Yirikroq hisob kerak edi bizga.

2-saralashda sakkizta guruh bor. JCh—2018’ning 3-saralash bosqichiga sakkizta guruhdan 12 ta terma chiqadi, 16 ta emas.

Demak, guruhda ikkinchi o‘rinni olgan terma ham o‘z guruhida qolib ketishi mumkin. Ya’ni, 3-saralash bosqichiga guruh g‘oliblari va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan to‘rtta terma yo‘l oladi.

‘A’ guruhida BAA va Saudiya Arabistoni yakunda taxminan bir xil ochkoga ega bo‘ladi. ‘C’ guruhida Gonkong, Xitoy va Qatarlar ham deyarli bir xil ochko yig‘adi. Har holda, hozir vaziyat shunaqa. ‘D’ guruhida Eron va Ummon yaxshigina ochko yig‘adi. ‘E’ guruhidagi Yaponiya va Suriyalarning imkoniyatlari haqida gapirmasak ham bo‘ladi. Bundan tashqari, ‘G’ guruhida Kuvayt va Janubiy Koreya ham shular jumlasidan.

Xullas, bizning guruhda ikkinchi o‘rin egasi 3-saralashga chiqa olmasligi mumkin. To‘g‘ri, bu bir taxmin. Lekin judayam qaltis taxmin. Hozirgi vaziyatimiz shuni taqozo etmoqda. Kechagi o‘yin bilan O‘zbekiston termasi Filippinni safarda yutish ehtimoli 50/50.

Agar 8-sentabr kuni Manilada ochko yo‘qotsak va KXDR termasi ketma-ket o‘z uyida ikki marta yutsa, biz 3-saralashga chiqa olmasligimiz mumkin. Har holda shunday ehtimol bor. KXDR kecha Bahraynni safarda yutib keldi. Demak, O‘zbekistonni yutgani ham bejiz emas ekan. Guruhimiz favoriti — shubhasiz KXDR. Qizig‘i shundaki, mazkur terma jamoa navbatdagi ikki o‘yinni o‘z uyida Filippin (8-oktabr) va Yamanga (13-oktabr) qarshi o‘tkazadi. Olti ochko ola bilmaydi, deb o‘ylaysizmi? Bemalol oladi! Ulardagi tartib va intizom haqida ortiqcha gapirmasak ham bo‘ladi.

Ana shundan keyin O‘zbekiston amalda KXDRga yetishi qiyin bo‘ladi, garchi nazariy imkoniyat bo‘lsada. Boz ustiga O‘zbekiston ochko yo‘qotsa, Filippinda ham ochko ko‘payib ketadi. Uyog‘i endi arifmetika.

Avvallari 4-saralash bosqichi va pley-offgacha bemalol yetib borar edik. Endi bo‘lsa, O‘zbekiston 3-bosqichga ham chiqa olmasligi mumkin. Bugun xulosa qilmasak kech bo‘ladi. Filippinni albatta yutishimiz kerak!”, — deyiladi maqolada.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.