» » Samsung mutaxassislari O‘zbekistonda seminar o‘tkazadi

Скачать Samsung mutaxassislari O‘zbekistonda seminar o‘tkazadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Samsung mutaxassislari O‘zbekistonda seminar o‘tkazadi

Samsung Electronics kompaniyasi bosh ofisining yuqori malakali mutaxassislari O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar sohasida o‘quv seminari o‘tkazadi. Bu haqda Samsung Electronics’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Samsung mutaxassislari O‘zbekistonda seminar o‘tkazadi

 

Sentabr oyida ko‘ngillilar — Samsung’ning yetakchi muhandislari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu dastur qatnashchilarining Toshkentga ikkinchi tashrifidir, shu vaqtga qadar hech bir mamlakatda loyiha ikki marta amalga oshirilmagan.

38 ko‘ngilli orasida Samsung kompaniyasining Galaxy seriyasidagi S, Note, Tab smartfonlari, Android operatsion tizimidagi dasturlarni ishlab chiqarishda ishtirok etgan yetakchi mutaxassislari ham O‘zbekistonga keladi.

Leksiyalar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi:

  • 3D modellashtirish;
  • Multimedia;
  • Android bazasida yuqori darajada dastur ishlab chiqarish;
  • Robototexnika (dronlarni boshqarish);
  • Quyosh energiyasidan foydalanish texnologiyalari.

Barcha kurslar 5—10-sentabr kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan oraliqda bo‘lib o‘tadi.

Loyiha Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.