» » Joze Mourinyo 5 ta yo‘nalish bo‘yicha Ginnesning Rekordlar kitobiga kirdi

Скачать Joze Mourinyo 5 ta yo‘nalish bo‘yicha Ginnesning Rekordlar kitobiga kirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Joze Mourinyo 5 ta yo‘nalish bo‘yicha Ginnesning Rekordlar kitobiga kirdi

“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ginnesning Rekordlar kitobining 2016-yilda chiqadigan yangi nashridan joy oldi, deb xabar qiladi “Chelsi” klubi rasmiy sayti.

Joze Mourinyo 5 ta yo‘nalish bo‘yicha Ginnesning Rekordlar kitobiga kirdi

 

Shu munosabat bilan murabbiyga uning rekord o‘rnatganligi haqidagi sertifikatlar taqdim etildi.

Kitobga Mourinyoning murabbiylik davridagi quyidagi rekordlari kiritiladi:

  • Murabbiy sifatida uy o‘yinlarida eng uzoq vaqt davom etgan mag‘lubiyatsiz seriya (to‘qqiz yil);
  • Yevropa Chempionlar Ligasini turli jamoalar bilan eng ko‘p yutish (ikkita);
  • Yevropa Chempionlar Ligasida murabbiy sifatida 100 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh mutaxassis (49 yoshu 12 kunlik);
  • Angliya Premyer-ligasida eng ko‘p ochko to‘plash (95);
  • APLning uy o‘yinlarida eng uzoq vaqt mag‘lubiyatga uchramaslik (77).

Mourinyo kitobga uning nomi kiritilganidan quvonchini yashirmadi.

“Mukofotlar albatta, ish kabinetimdan joy oladi. Bolaligimda qachonlardir Ginnesning Rekordlar kitobiga kirishim mumkinligini tasavvur ham qilmagandim. Bu mukofotlar mening o‘tmishdagi ishlarim uchun berildi, bu albatta, juda yoqimli. Lekin men uchun kelajakda nimalar qilishim muhim”, — dedi Mourinyo.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Joze Mourinyo Ginnes

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.