» » Isroillik quruvchilar Qadimgi Rim tobutini o‘g‘irladi

Скачать Isroillik quruvchilar Qadimgi Rim tobutini o‘g‘irladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Isroillik quruvchilar Qadimgi Rim tobutini o‘g‘irladi

Hashamatli uylar qurilishiga jalb etilgan isroillik quruvchilar Ashkelonda Rim imperiyasiga davriga oid tosh tobut — sarkofag topib oldi. Isroil qadimiy osori-atiqalar boshqarmasi press-relizida ma’lum qilinishicha, quruvchilar tarixiy topilmani hukumatdan yashirgani uchun hibsga olingan.

Isroillik quruvchilar Qadimgi Rim tobutini o‘g‘irladi

 

Mutaxassislar tobutdagi bo‘rtma suratlar (barelyeflar) sabab mazkur sarkofagni kamyob va nodir, deb hisoblamoqda. Tobut qopqog‘ining bir tomonida qadimgi rimliklarga xos yengsiz uzun kiyim kiygan va sochi Rim uslubida turmaklangan erkak tasvirlangan. Uning ko‘zlariga qadimgi davrlardayoq o‘g‘irlab ketilgan qimmatbaho toshlar o‘rnatilgan. Boshqa tomonga esa haykaltarosh amfora va tok novdasi tasvirini tushirgan.

Tobutning devorlari gulchambarlar, buqa kallalarining barelyeflari, sevgi ma’budalari, shuningdek, qadimgi Rim aqidalari bo‘yicha marhumlar himoyachisi hisoblangan Meduzaning boshi bilan bezatilgan. Arxeologlarning fikricha, mazkur tobutda badavlat oila vakili dafn etilgan va sarkofagdagi suratlardan xulosa qilinadigan bo‘lsa, u yahudiylik diniga e’tiqod qilmagan.

Quruvchilar sarkofagni avgust oyi oxirida topgan. Ular topilmani traktor yordamida yerdan chiqarib olib (bu jarayonda sarkofagga ma’lum bir darajada zarar yetgan), taxtalar va metall listlar ostiga yashirib qo‘ygan, qurilishning ushbu qismini esa — izlarni yo‘qotish maqsadida — betonlab tashlagan.

Biroq ishchilardan biri mazkur hodisa haqida Isroil qadimiy osori-atiqalar boshqarmasiga ma’lum qilgan. 1-sentabrga o‘tar kechasi qurilish maydonida tintuv o‘tkazgan amaldorlar va politsiya xodimlari besh quruvchini hibsga olgan. So‘roqdan so‘ng ular tobutni qazib olish jarayoni tasvirlangan fotosuratlar va videoni hukumat vakillariga ko‘rsatgan.

Isroil qonunchiligiga muvofiq, arxeologik topilmani yashirganlik va unga zarar yetkazganlik uchun aybdor shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergovchilar sarkofagni maxfiy ravishda qazib olishni quruvchilarning o‘zi emas, balki qurilish pudratchilari uyushtirgan, degan fikrda. Hozirda pudratchilarning ikki nafari hibsga olingan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.