» » Texnologik gigantlar Stiv Jobsning noqonuniy g‘oyasi sabab 415 million dollar jarima to‘laydi

Скачать Texnologik gigantlar Stiv Jobsning noqonuniy g‘oyasi sabab 415 million dollar jarima to‘laydi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Texnologik gigantlar Stiv Jobsning noqonuniy g‘oyasi sabab 415 million dollar jarima to‘laydi

Kaliforniyaning San-Xose shahridagi federal sudya Lyusi Kox to‘rt kompaniya bir-biridan xodimlarni og‘dirib olmaslik haqida qonunga zid kelishuv bo‘yicha ish olib borgani uchun (mazkur harakat natijasida xodimlar nisbatan ko‘proq maosh olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan) jami 415 million dollar miqdorida tovon puli to‘lashi kerak. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Texnologik gigantlar Stiv Jobsning noqonuniy g‘oyasi sabab 415 million dollar jarima to‘laydi

 

Monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha qonunchilikni buzgan Apple, Google, Intel va Adobe jazoga tortilgan. Ular qariyb 65 ming nafar da’vogarning har biriga, ularning huquqlari poymol etilgani uchun, 5,8 ming dollardan to‘lashi kerak. Kompaniyalar bu qarorga rozi bo‘lgan.

Korporativ elektron pochtani o‘rganishga asoslangan tergov ishlari davomida “hujum qilmaslik haqidagi pakt” Apple’ning marhum rahbari Stiv Jobsga ma’lum qilingani holda imzolangani aniqlandi — aynan u mazkur g‘oyaning bosh tarafdori bo‘lgan. Kompaniyalarning rahbarlari kelishuvni imzolagan kompaniyalardan iqtidorli dasturchilar va boshqa texnik xodimlarni nisbatan ko‘proq maosh taklif qilish yo‘li bilan og‘dirib olmaslik majburiyatini olgan. Mazkur kompaniyalarning barchasi Kremniy vodiysida, bir-biriga yaqin masofada joylashgan.

2011-yilda berilgan shikoyat 2005—2009-yillarga oid huquqbuzarliklarni qamrab oladi. Dastlab da’vo qilingan pul miqdori 3 milliard dollarga teng edi va AQShning aksilmonopoliya qonunchiligiga muvofiq, bu miqdor uch barobar oshirilishi mumkin edi. Shu yo‘l bilan, da’vogarlar har biri kishi uchun 100 ming dollardan, advokatlar esa jami 85 million dollar olishni maqsad qilgandi. Biroq oxir-oqibat advokatlar o‘zi xohlaganidan ikki barobar kam pul — 41 million dollar bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi.

Associated Press agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yildan beri Kremniy vodiysida iqtidorli dasturchilarni qo‘lga kiritish bo‘yicha raqobat kuchaygan va endi boshqa kompaniyalardagi istiqbolli dasturchilar uchun turli rag‘batlantiruvchi sharoitlar taklif qilinmoqda. Xususan, Tesla Motors kompaniyasi asoschisi Ilon Mask uning dasturchilariga Apple 60 foiz ko‘p maosh, shuningdek, shartnoma imzolaganda beriladigan bir martalik 250 ming dollarlik bonus taklif qilgani haqida so‘zlab bergandi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.