» » BMT 200 ming muhojirni Yevropa bo‘ylab joylashtirishni taklif qildi

Скачать BMT 200 ming muhojirni Yevropa bo‘ylab joylashtirishni taklif qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

BMT 200 ming muhojirni Yevropa bo‘ylab joylashtirishni taklif qildi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari migratsiya inqirozini yengib o‘tish bo‘yicha umumiy strategiya doirasida 200 ming nafargacha qochoqni qabul qilishi kerak. BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha agentligi rahbari Antonio Gutyerresning aytishicha, mazkur inqirozga qarshi kurashda Yevroittifoq barcha kuchlarni safarbar etmog‘i kerak. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

BMT 200 ming muhojirni Yevropa bo‘ylab joylashtirishni taklif qildi

 

BBC News xabariga ko‘ra, ayniqsa, Vengriyada muhojirlar muammosi jiddiy tus olmoqda — u yerda bir necha bor muhojirlar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi, poyezdlarning egallab olinayotgani munosabati bilan, mamlakat Yevropa mamlakatlariga poyezdlar qatnovini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Gutyerres Yevropa Ittifoqida qochoqlarni qabul qilish tizimi “muvozanatga tushirilmagani”ni tanqid ostiga olib, bu holat odamlarni Yevropaga jo‘natayotgan kontrabandachilarga qo‘l kelayotganini qayd etib o‘tdi. Yevropa Kengashi raisi Donald Tuskning ma’lum qilishicha, kamida 100 ming nafar qochoq Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida taqsimlanishi kerak.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.