» » O‘zbekistonlik 7 nafar bokschi Osiyo chempionatining finaliga chiqdi

Скачать O‘zbekistonlik 7 nafar bokschi Osiyo chempionatining finaliga chiqdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonlik 7 nafar bokschi Osiyo chempionatining finaliga chiqdi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston charm qo‘lqop ustalari qit’aning yetakchi jamoalaridan biri ekanliklarini isbotlashda davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonlik 7 nafar bokschi Osiyo chempionatining finaliga chiqdi

 

Yarim final janglarida eng ko‘p ishtirokchiga ega bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 5-sentabr kuni o‘tkaziladigan final janglarida ham eng ko‘p ishtirokchi bilan bahs yuritadigan bo‘ldi. Yarim final janglarida ringga ko‘tarilgan 8 nafar o‘zbek bokschisidan 7 nafari finalga chiqqanligi O‘zbekiston boks maktabi yildan-yilga o‘z mavqeini yuksaltirib borayotganligidan dalolat beradi.

Demak, 4-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yarim final janglarida Xasanboy Do‘smatov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg), Fazliddin G‘oibnazarov (-64 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev (-75 kg), Elshod Rasulov (-81 kg) va Rustam To‘laganov (-91 kg) raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, Osiyo chempionatining oltin medallari uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Shunday qilib, 5-sentabr kuni 10 vazn toifasida o‘tkaziladigan final janglarning 7 tasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tariladi. Bunday ko‘rsatkichni qit’a chempionatida ishtirok etayotgan hech bir terma jamoa qayd eta olmadi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: O‘zbekistonlik Osiyo

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.